Fransiyalik sozanda Ofeliya Gayyar 15-fevral, payshanba kuni Parij yaqinida violoncheli tortib olinganidan arz qilib, politsiyaga murojaat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ofeliya Gayyar.
Foto: AFP

Gayyarning so‘zlariga ko‘ra, talonchi unga pichoq bilan tahdid qilgan. Shuningdek, 1825-yilda ishlangan kamoncha va mobil telefonini ham tortib olgan.

Xabar berishlaricha, o‘g‘irlangan Violonchel XVIII asrda italiyalik usta Franchesko Goffriller tomonidan yaratilgan. Uning qiymati 1,3 million yevroga baholangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Gayyar ushbu musiqa asbobini xarid qilish uchun bankdan kredit olgan.