O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi Chempionlar Ligasini safardagi g‘alaba bilan boshladi.
Bugun Server Jeparov va Odil Ahmedov to‘p suradigan jamoalar Chempionlar Ligasi o‘yinida ishtirok etadi
Yaponiyada “Kavasaki Frontale” mehmoni bo‘lgan shanxaylik futbolchilarga Elkesenning yagona goli g‘alaba keltirdi. Braziliyalik futbolchi 23-daqiqada aniq zarbasi bilan hisobni ochgach, muxlislar boshqa gol ko‘rmadi. Shu kuni portugaliyalik mutaxassis Oskar, Xalk va Odil Ahmedov kabi legioner futbolchilar xizmatidan maksimal darajada foydalanadi.“Shanxay SIPG” guruh bosqichiga yo‘l olish uchun pley-off raundida ishtirok etib, unda ham 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishgandi.
“F” guruhidagi ikkinchi o‘yinda Avstraliya va Janubiy Koreya klublari o‘zaro jangovor durang o‘ynadi. Natijada ilk turdan keyin Odil Ahmedov jamoasi peshqadamga aylanib oldi. 20-fevral kuni Shanxayga Avstraliya klubi tashrif buyuradi, kavasakiliklar esa Janubiy Koreyada mehmon bo‘ladi.
Chempionlar Ligasi “F” guruhi. 1-tur 13-fevral, seshanba
Izoh (0)