• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xabarovskdagi namanganlik muhojir: “O‘zbekistonda 10 yildan ortiq tadbirkorlik qildim. Hozir Rossiyada qorovulman” (video)

    “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilishda davom etadi. E’lon qilinayotgan bu fikrlarda mehnat muhojirlari uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘lida bugun boshlangan ishlar, o‘zgarishlar uchun taklif o‘laroq jaranglagan izohlar ham yo‘q emas.

    E’lon qilinayotgan navbatdagi monolog — Rossiyaning Xabarovsk shahrida qorovullik qilayotgan namanganlikning fikrlari (uni “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Muhojirning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi va uning shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi, matn juz’iy tahrirlarga uchradi.

    Namangandanman, yoshim 30 da. 2006-yili kollejni axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaganman. Institutda o‘qimaganman.

    2003-yili, maktabni bitirishim bilan ish boshlaganman. Taklifnoma, tashrif qog‘ozchalari, kserokopiya, rasm chiqarish, fotomontaj, matn terish, blanka chiqarish va shunga o‘xshash kompyuter xizmatlari ko‘rsatardim. Bu ish bilan 10 yildan ko‘p shug‘ullandim, kuniga 100 ming so‘m pul topardim. Ishim yaxshi ketayotgandi. Ammo 2014-yili men ijarada o‘tiradigan joy buzilib, zamonaviy qilib qaytadan qurildi.

    Bir yildan ko‘proq ishsiz qolib ketdim. Yashab turish uchun kompyuter va printerlarimni sotib yubordim. Bino qayta qurilgach, ijara haqi 500 dollar qilib belgilandi — avvallari atigi 150 ming so‘m edi. Nima bo‘lganda ham, ishim yaxshi edi. Shu bois, ijara haqi qimmatligiga qaramay, oyiga 500 dollar to‘lashga rozi bo‘lib, joy oldim. Oilam, o‘g‘limni tashlab, o‘zga yurtga ketishga ko‘zim qiymadi.

    Ijara haqini to‘lash uchun ishga avvalgidan ham kattaroq pul tikish kerak edi. Kredit olmoqchi bo‘lib bankka borsam, ular yangi chiqqan avtomobilni garovga qo‘yish kerakligini aytishdi. Agar shunday mashinam bo‘lsa, kredit so‘rab bankka bormasdim. Boshim qotdi. Shundan keyin qo‘lida puli bor, biznes qilish niyatidagi ayol bilan sherikchilikka ish boshlamoqchi bo‘ldim. Qo‘limga 3 million so‘m va 1300 dollar berdi — o‘sha paytlarda buncha dollar 4 million so‘m atrofida pul bo‘lardi. Ishga to‘liq kirishish uchun bu pul kam edi. Sherigim kerakli pul ikki oy ichida bo‘lishini aytdi. Ishni boshlab qo‘ygandim. Ikki oy ishlamay, bekorga ijara haqi to‘lab o‘tirolmasdim. So‘ng bir qattiq xato ish qilib qo‘ydim — sudxo‘rdan 2500 dollar pul oldim.

    Kuniga faqat 2-3 soat elektr bo‘lardi, qolgan vaqt xaridorlar qaytib ketardi. Axir elektrsiz kompyuteru printerlar ishlamaydi. Avvalgi joyimda ham elektr mana shunaqa kam vaqt berilardi, lekin unda ijara haqi bu qadar qimmat emasdi. Bu orada boyagi sherik ayol pulini so‘ray boshladi. Ijara uchun 500 dollar, sudxo‘rga esa asosiy qarzdan tashqari oyiga 150 dollar pul berishim kerak edi. Ishni o‘z pulimga boshlaganimda o‘nglanib ketardim, lekin bu ahvolda qarzga botishni boshladim.

    Bir yilcha ishladim. Aksiga olib, o‘sha yili dollarning bozor kursi ham osmonga ko‘tarilib ketdi. Boshida qarzga olgan pullarimni so‘mga almashtirganimda, 15 million so‘m bo‘lgandi. Kurs ko‘tarilib ketgach, 35 million so‘m qaytarishim kerakligi ma’lum bo‘ldi. Qarzga pul berganlar kelaverib, ishlagani qo‘ymay, jonimdan to‘ydirib yubordi. 15 oyda sudxo‘rning 2500 dollar pulini 4750 dollar qilib qaytardim. Ammo sherikchilikka ishlayman degan ayoldan hali qarzdor edim. Ishimni to‘xtatdim.

    Ayol kishidan va sudxo‘rdan zinhor pul olmaslik kerak, degan qarorga keldim. Boshqalarga ham shuni maslahat beraman. Lekin nima qilib bo‘lsa-da qarzlarni qaytarishim kerak edi. 2016-yil aprelida do‘stlarim bilan Qozog‘istonga yo‘l oldim. Olmaotadagi g‘isht zavodida oyiga 400 dollarlik ish borligini aytishgandi, 35—40 kishi bo‘lib bordik. U yerdan uyga faqat 500 dollar jo‘nata oldim, xolos. O‘sha yili yozda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lib, g‘ishtlar erib ketaverdi. Zavod bankrot bo‘ldi, qolgan pullarimizni bera olmadi. Avgustda zavodni migratsiya xizmati “bosdi”, so‘ng bizni deportatsiya qilishdi.

    Namanganga qaytib, bir oycha uyda o‘tirdim. 2016-yil oktabrida 225 dollarga aviachipta olib, Farg‘ona orqali Rossiyaning Xabarovsk shahriga uchib ketdim. U yerga bir do‘stim chaqirgandi. Aeroportdan meni ish beruvchining o‘zi mashinada olib ketdi — do‘stim shu ish beruvchining dachasida ishlardi, men esa xo‘jayinning mebel sexida 2017-yil martigacha “kochegar”lik qildim. Rus tilini bilmaganim uchun ancha qiynaldim.

    Sexdan ketgach, bir necha oy ishsiz yurdim. Oxirgi maoshimni uyga yubormagandim, shu pulga yashadim. Do‘stim bir oylik ijarasi 5 ming rubl bo‘lgan kvartira topib berdi. O‘sha yerda Jenya ismli qo‘shni bola bilan oyiga 8-9 marta qor kuragani chiqdik — uylar, korxonalar atrofida bir kun qor kuraganimiz uchun 1000 rubldan berishardi. Orada bir ish ham topdim, lekin rus tilini bilmaganim sabab, ishga olishmadi.

    Iyul oyida do‘stim meni bazaga qorovul qilib joylashtirib qo‘ydi. Hozir shu yerda ishlayapman. Bu yerda rossiyalik uch qorovul ham bor. Boshliqlarimning muomalasi yaxshi. Ruschani ham biroz o‘rgandim. Ishda qiyinchilik yo‘q. Tunda bazani bir aylanib, tekshirib qo‘yaman. To‘rtta it bor, ularga ovqatini beraman. Kechqurun chiroqlarni yoqib, kunduzi o‘chiraman. Ishim shu. Qolgan vaqt bazada yashashim uchun ajratilgan joyda kino ko‘rib yotaman. Maoshim — 250 dollar.

    Bazada omborxonalar va katta muzlatgichlar bor. Tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini shu yerda saqlaydi. Ularning mahsulotini omborga yuklashga yordam beraman. Bunga bir soat ham vaqt ketmaydi, evaziga 800—1000 rubl atrofida pul olaman. Bunaqa ish oyiga 10—12 marta bo‘lishi mumkin. Maoshim va qo‘shimcha daromadimni bir qilib, oyiga 500 dollar pulni uyga jo‘nataman.

    Hozir 300—400 dollar atrofida qarzim qoldi. Rossiyada yana bir yil ishlamoqchiman. So‘ng O‘zbekistonga qaytib, o‘z pulimga ish boshlayman. Ruschani bilmasligimdan juda ko‘p pand yedim, shuning uchun, o‘g‘lim ham kelajakda men kabi qiynalmasligi uchun, uni rus bog‘chasiga berdim. Farzandim 4 yoshdan oshdi. Xudoga shukr, rus va ingliz tilida gapirishni biroz o‘rganib olibdi.

    Mavzuga doir: - Farg‘onalik talaba qiz: “Men ham o‘zga yurtlarda sarson bo‘lmasligim uchun ota-onam Rossiyada ishlayapti”

    - Qozog‘iston havosi uchun “soliq” to‘lab, topib olgan 10 rubli uchun yig‘lagan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi (video)

    - Uylarni bitkazib, uylanish uchun Moskvada ishlayotgan andijonlik quruvchi-alpinist hikoyasi (video)

    05.02.2018, 17:30   Izoh (0)   129571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda O‘zbekiston yili rasman 15-martdan boshlanadi

    05.02.2018, 17:06

    “Toshkentdan keladigan kattakon” yoki qachongacha komissiya uchun ishlaymiz?

    05.02.2018, 16:55

    Nozimjon Sabirov Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    05.02.2018, 16:33

    Navoiyda Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan II xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

    05.02.2018, 16:33

    Jizzaxda “Tez tibbiy yordam”ning kechikib borish holatlari 65 foizga kamaydi

    05.02.2018, 15:21

    Botirjon Asadov Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    05.02.2018, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.