2018-yilning 5-fevral kuni Botirjon Asadov Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va u vazirlik Hay’atiga tanishtirildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Botijon Asadov 2017-yilning bahoriga qadar O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. May oyida Senat a’zosi, Senatning Xalqaro aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
2017-yilning 20-iyunida esa Savdo-sanoat palatasi raisning to‘rtta o‘rinbosarlaridan biri etib tayinlangan edi.
Izoh (0)