Poytaxtimizda tashkil etilgan “Gomart.uz” internet xizmatining (servisi) zamon bilan hamnafas qadam tashlab, samarali faoliyat yurita boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da kompaniya xodimlari ushbu sayt orqali xarid qilingan sarxil oziq-ovqat mahsulotlari va ro‘zg‘or uchun kundalik ehtiyoj mollarini xonadonlarga vaqtida yetkazib berish bilan toshkentliklarning olqishlariga sazovor bo‘lmoqda. Kun sayin ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Shu o‘rinda adolatli savol tug‘ilishi tabiiy: “Nima uchun xaridorlar aynan “Gomart.uz” xizmatini tanlashmoqda?”

  1. Buyurtmani uydan chiqmasdan turib saytning o‘zida qisqa fursatlarda rasmiylashtirishning oson va qulay ekanligi;
  2. Xalqimizga manzur bo‘ladigan sifatli mollar yetkazib berishning qat’iy nazorat ostiga olingani. Xaridorga buyurtmani yetkazib berish vaqtida ma’qul kelmagan mollarni qaytarish imkoniyati berilganligi;
  3. Mollarning faqat yirik rasmiy distribyutorlardan olinishi evaziga savdoga qo‘yilayotgan narxlarning xalqimiz uchun hamyonbop bo‘lishiga erishilayotganligi;
  4. Buyurtma uchun to‘lovni oldindan emas, balki yetkazib berish chog‘ida naqd pul yoki plastik kartochkadan terminalga o‘tkazish orqali amalga oshirish imkoniyati;
  5. Xaridorlarimizning sovuq kunlarda bozorlar-u do‘konlarda navbat kutib, sarson bo‘lib yurishlariga chek qo‘yib, buyurtmani xonadonlarga mutlaqo bepul yetkazib berish xizmatining joriy etilganligi;
  6. Gomart.uz”da halollikni ustuvor bilib, “ham tarozidan, ham narxidan urib qolish”dek g‘irromlik va qalloblikka yo‘l qo‘yilmasligi;
  7. Gomart.uz” internet servisi saytining O‘zbekistonda ilk bor ham o‘zbek, ham rus tillarida joriy qilinganligi.
  8. Kompaniya xodimlarining muomala madaniyatiga qat’iy rioya qilib, xaridorlarning talab va istaklariga mos ravishda faoliyat yuritayotganliklari;
  9. Har qanday talab va e’tirozlar info@gomart.uz elektron manzili yoki +998(90) 808-00-69 telefon raqami orqali bevosita qabul qilinib, elga munosib xizmat ko‘rsatish bobida tezkor choralar ko‘rilishi.

Takliflarimiz Sizni ham qiziqtirib qolgan bo‘lsa sifatli va hamyonbop mahsulotlarni “Gomart.uz” internet servisi orqali xarid qiling. Shunda Siz, bir yo‘la ham qimmatli vaqtingizni, ham pulingizni iqtisod qilgan bo‘lasiz.

“O‘ychi – o‘ylaguncha, tavakkalchi – ish bitiradi”, deganlari mana shu. Saytimizga kiring yoki qo‘ng‘iroq qiling. “Gomart.uz” jamoasi tun-u kun xizmatingizga muntazir. Darvoqe, xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida!