2017-yil oxirgi choragi yakunlari bo‘yicha iPhone X dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi. Bu haqda Canalys tahliliy kompaniyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Apple

Kompaniya hisobotida Apple mazkur qurilmalardan 29 million dona sotgani, ulardan 7 millioni Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgani bildirilgan.

Ekspertlar iPhone X sotuvining rekord hajmlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash jarayonining tezda rasmiylashtirilishi, shuningdek, oldingi avlod gadjetini yangisiga qo‘shimcha haq evaziga almashtirish dasturi ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlamoqda.