Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani oshpazlari 9 tonna osh damlab, o‘tgan yili Toshkent shahrida o‘rnatilgan rekordni yangilamoqchi ekani haqida shov-shuvli xabarlar tarqalgan edi, deb yozadi O‘zA.

Foto: UZ24

“Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan damlanadigan bu osh aslida 8 tonna. Eng muhimi, u ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilinganidek, rekord o‘rnatish uchun emas, balki oshpazlar mahoratini sinovdan o‘tkazish va xalqqa o‘ziga xos bayram kayfiyati bag‘ishlash maqsadida tayyorlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Oshni damlash va tarqatish uchun tuman markaziy stadioniga Toshkent shahridan 8,8 tonna sig‘imga ega ulkan qozon keltirib o‘rnatilgan.

Qayd etilishicha, oshga sarflanadigan mablag‘ va masalliqlar homiylar tomonidan ajratilmoqda.

Palov xalqimizning eng sevimli taomi. Uni yurtimizning turli hududlarida turlicha tayyorlashadi. Bizning Denovimiz ham shunday. Palovni 46 oshpaz birgalikda tayyorlab, harbiy qism askarlari, muruvvat uyi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari, bemorlar, nogironlar va ehtiyojmand oilalarga tarqatishni mo‘ljallamoqdamiz. Shuningdek, milliy bu taomni aholining keng qatlamlari ham tatib ko‘rib, baho berishlari mumkin.M.Mavlonov, bosh oshpaz
Hisob-kitoblarga ko‘ra, denovlik oshpazlar tayyorlaydigan palov uchun 2 tonna 200 kilogramm guruch, 2 tonna go‘sht, 2,5 tonna sabzi, 800 kilogramm yog‘, 200 kilogramm piyoz ishlatiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi