Xitoyda 3D-printerda chop etilgan dunyodagi ilk avtobus bekati ochildi, deb yozadi “Hi-Tech.Mail.ru”.
3D-printerda chop etish texnologiyasi borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda — masalan, Niderlandiyada 3D-printerda chop etilgan velosiped ko‘prigi ochilgan edi.
Endi esa WinSun Construction kompaniyasi 3D-printerda chop etilgan dunyodagi birinchi avtobus bekatini namoyish etdi.
U bor-yo‘g‘i bir kechada kompaniyaning Shanxaydagi zavodida qayta ishlangan chiqindi materiallaridan foydalanib betondan ishlangan. So‘ngra Fenszin shahridagi (Shanxay) yo‘lga o‘rnatilgan. Avval bu yerda avtobus bekati belgisi turgan.
Izoh (0)