Hindiston shimolidagi Kupvara — Tandxar avtotrassasiga qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq 11 qurbon haqida xabar qilingan edi.
Ko‘chki ostida jami 30 kishi qolib ketgan edi. Ikki sutka davom etgan qidiruv operatsiyasi natijasida shu paytga qadar 17 jasad topildi. Qolganlarning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Qurbonlar orasida birdan oshgan bola ham bor.
Izoh (0)