O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yana 12 ta muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blokpostlarning faoliyati tugatilgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Foto: IIV matbuot xizmati

Shunday qilib, yopilgan postlarning umumiy soni 66 taga yetdi. Ularning 23 tasi muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 19 tasi blokpostlar va 24 tasi to‘siq postlari edi.

Viloyatlar o‘rtasidagi postlarning yo‘q qilinishi haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasiga ma’lum qilgandi. Bu kabi postlar odamlarning harakatini cheklashi, shuningdek, iqtisodiyot hamda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangandi.

Viloyatlar o‘rtasidagi 66 ta post yopilguniga qadar ularning umumiy soni 133 ta edi, jumladan, ularning 60 tasi muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlaridir.