AQSh kinoakademiyasi “Oskar” mukofoti uchun asosiy kurashga qo‘yilgan filmlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Foto: AP

“Eng yaxshi film” nominatsiyasida mukofot uchun 341 ta to‘liq metrajli kartina da’vogarlik qilmoqda.

Ular orasida “Meni o‘z noming bilan ata”, “Maxfiy manba”, “Dyunkerk”, “Suv shakli”, “‘Florida’ loyihasi”, “Sevgi — kasallik”, “‘Madbaund’ fermasi”, “Mo‘jiza-ayol”, “Dunyoning barcha pullari” kabi filmlar bor.

Mazkur nominatsiyada, qolgan kategoriyalardan farqli ravishda, 10 tagacha kartina taqdim etilishi mumkin.

Nominatsiyalar 23-yanvarda e’lon qilinadi, mukofotlarni topshirish marosimi 2018-yil 4-martga mo‘ljallangan.