Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval ma’lum qilinganiday, 13—14-dekabr kunlari Qirg‘iziston prezidenti So‘ranboy Jeenbekov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Xususan, O‘zbekiston Hukumati tomonidan Respublikaning yetakchi banklariga O‘zbekiston Respublikasidan Qirg‘iziston Respublikasiga tovar va xizmatlarni eksport qilish uchun Qirg‘izistonning moliya-kredit tashkilotlariga 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolash taklif qilingan.

Mazkur hujjat doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qirg‘iziston kredit tashkilotlariga kredit liniyalari ajratish orqali O‘zbekistondan qo‘shni davlatga texnologiyalar va tovarlar olib kelishni moliyalashtirish imkonini beradigan uch yetakchi bankdan biri sifatida belgilangan.

Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy islohotlarida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)