Gretsiyaning Olimp tog‘ida 55 yoshli alpinist halok bo‘ldi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u sherigi bilan birga toqqa ko‘tarilgan. Ikkisi ham balandlikdan qulagan, biroq marhumning 37 yoshli sherigi omon qoldi.
Bu mazkur tog‘da yaqin orada ro‘y bergan ikkinchi fojia: 10-dekabr, yakshanba kuni 26 yoshli alpinistning o‘limi haqida ma’lum bo‘lgandi. U ham Olimpga sherigi bilan ko‘tarilgandi.