Shimoliy dengizda Forties quvuri yopilganidan so‘ng jahonda neft narxi o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Brent neftining fevral fyucherslari qiymati 1,38 foizga o‘sib, bir barreli 65,59 dollarga yetdi. Bu rusumli neft qiymati 2015-yil 24-iyunidan buyon 65 dollardan yuqori narxda sotilmagan edi.
WTI neft yanvar fyucherslari narxi 0,53 foizga oshib, barreliga 58,30 dollarni tashkil etmoqda.