9-dekabr kuni Dubaydagi kimoshdi savdosida amirlikning “AA” kodli yangi avtomobil raqamlarining ilk partiyasi sotildi, deb yozadi “Russianemirates.com”. 10 ta raqam belgisi 12,3 million dirham (3,4 million dollar)ga sotildi.
Eng qimmatbaho lot AA10 raqami bo‘ldi, uni 3,12 million dirham (844 ming dollar)ga xarid qilishdi.
Ushbu o‘nta raqam kelgusi 12 oy ichida Dubaydagi yagona “AA” seriyali raqam belgilari bo‘ladi.
AA10 raqamini dubaylik biznesmen Majid Mustafo sotib oldi. AA12 va AA50 raqamlari noma’lum xaridorlar tomonidan 2,72 million dirham (740 ming dollar) va 1,84 million dirham (500 ming dollar)ga sotib olindi.