Italiyaning Snam Rete Gas gaz-transport operatori Avstriyaning Baumgartenidagi gaz stansiyasi portlashidan so‘ng Tarviziodan gaz yetkazish miqdorini 113,5 million kubometrdan 14 million kubometrga kamaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Gas Connect Austria Gmbh transport operatoriga ko‘ra, Rossiya gazining Avstriya orqali tranzit qilinishi to‘xtatilgan. Bunga portlash sabab bo‘lgan.
Italiyadan tashqari, gaz yetkazish miqdori Slovakiya, Vengriya, Sloveniya, Xorvatiya uchun ham kamaytirildi.
Muqaddam Avstriyaning Vayden-an-der-Marx kommunasida joylashgan yirik gaz stansiyasida 12-dekabr kuni portlash ro‘y bergani xabar qilingan edi.
Izoh (0)