Avstriyaning Vayden-an-der-Marx kommunasida joylashgan yirik gaz stansiyasida 12-dekabr kuni portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiyaga ko‘ra, fojia oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Yana 60 kishi jarohatlandi.
Voqea joyida o‘t o‘chirish brigadalari va to‘rtta tez yordam mashinasi ishlamoqda. Operatsiyaga vertolyot jalb qilindi.
Portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)