Toshkentda “Rosatom” (atom energiyasi bo‘yicha Rossiya davlat korporatsiyasi)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ofisi ilmiy sohadagi so‘nggi yo‘nalishlar bilan tanishtirish maqsadida seminar tashkil qildi, deb yozadi “Review.uz”.
“So‘nggi yillarning asosiy ilmiy kashfiyotlari: amaliyot va istiqbollar” seminarida maktab, litsey va kollej o‘quvchilari qatnashdi.
2017-yilning eng istiqbolli ilmiy kashfiyotlari, kelgusi yangiliklar qaysi fan sohasida kutilayotgani, ilmiy uslublarni oddiy hayotda qo‘llash haqida metkere.com ilmiy-ommabop almanaxi bosh muharriri, ilmiy kommunikator Ilya Kabanov gapirib berdi.
Seminar chog‘ida o‘quvchilar astronomiya, biomuhandislik, termoyadroviy sintez va arxeologiya sohalaridagi kashfiyotlar haqida bilib oldi. Shuningdek, ma’ruzalardan keyin “Boshlovchilar uchun fizika” va “Nima? Qachon? Qayerda?” o‘yinlari o‘tkazildi.
Izoh (0)