Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Latviya politsiyasi mamlakatning eng badavlat kishilaridan biri, Olainfarm kompaniyasi egalaridan biri Valeriy Maligin o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Olainfarm

Foto: Olainfarm

Maligin o‘tgan haftada 53 yoshida Yurmaladagi uyida olamdan o‘tdi. Jinoiy ish “Shaxs salomatligiga nisbatan jinoiy harakatlar” moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Tekshiruv tafsilotlari, shuningdek, tadbirkorning o‘limi sabablari ma’lum qilinmadi.

Ma’lumot uchun, Valeriy Maligin Latviyaning badavlat kishilari ro‘yxatida 70 million yevro miqdoridagi mol-mulk bilan 7-o‘rinda qayd etilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi