Yer yuzidagi har bir insonga tabiiy go‘zallik in’om qilingan, uni ko‘rsata bilish kerak, xolos, deb yozadi Travel Ask. CreativeSoul nomi ostida birgalikda ishlaydigan er-xotin Regis va Karan aynan shu bilan shug‘ullanadi. Bu safar ular butun dunyoga qora tanli qizaloqlarning tabiiy go‘zalligini namoyish etishga qaror qildi va Afro Art fotoloyihasini yaratdi. Portretlarda qizlarni barokko davridagi murakkab liboslarda jimjimador soch turmaklari bilan ko‘rish mumkin.
Afro-amerikalik qizaloqlarning barokko uslubidagi portretlari (fotogalereya)
×
Izoh (0)