O‘zbekiston hukumatining bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyasining Germaniyaga rasmiy safari hamda O‘zbekiston – Germaniya biznes-forumi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Volkswagen AG konserni o‘rtasida JV MAN Auto-Uzbekistan maydonlarida Volkswagen Amarok pikapini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Foto: Volkswagen

Loyiha 2018–2019-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Volkswagen avtotransport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi uchlikka kiradi. Endi ushbu brend O‘zbekistonga kirib keladi.

Volkswagen Amarok — Volkswagen model guruhi tarkibidagi o‘rta hajmli pikap. U 4MOTION to‘liq uzatmasi, 8 pog‘onali o‘tkazish qutisi va 3 litrli V6 TDI motori bilan jihozlangan.