“Violayf” nashri Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘nta iqtibosini keltirib o‘tdi.
Odamlarga yaqin, muruvvatli, muloyim va oson muloqotga kirishadigan kishilarning har biri uchun do‘zax taqiqlangan.
Nimadir qilmoqchi bo‘lganingda oqibatlari haqida o‘yla: ular ezgulik keltirsa, qil, aks holda — voz kech.
Ollohga ishonch har bir bolada tug‘ilgan vaqtidayoq bo‘ladi, uni faqat ota-onasigina o‘zgartirishi mumkin.
Bir yil ibodat qilgandan ko‘ra, bir soat mulohaza qilgan yaxshiroq.
Ayol kishini faqat olijanob insongina hurmat qiladi, faqat razil odam uni xo‘rlaydi.
O‘z oilasiga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan inson eng yaxshidir.
Erkak kishidagi eng yomon illatlar — xasislik va qo‘rqoqlik.
Rohat-farog‘atda yashagan kunlaring Ollohni yodga ol, shunda u ham qiyin kunlaringda seni eslaydi.
Yaxshilik — boshqa odamning yuzida xursandchilik tabassumini uyg‘otadigan ish.
Bu dunyoda mezbon emas, mehmon kabi yasha.
Izoh (0)