Britaniyalik suratkash Richard Allenbi-Pratt “qiyomat kuni” sodir bo‘lganidan so‘ng, Dubay shahri qay ko‘rinishda bo‘lishini o‘zining Abbandoned nomli suratlar to‘plami orqali ko‘rsatib berdi, deb xabar qiladi TravelAsk.
Allenbi-Pratt asli Buyuk britaniyalik bo‘lib, bir necha yildan buyon BAAda istiqomat qiladi. Uning bu turdagi suratlarni yaratishiga 2009—2010-yillardagi iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lgan. Bundan tashqari u o‘zining suratlari orqali Amirlikdagi dolzarb savollarni ko‘targan: neft o‘rnini boshqa energiya manbalari egallashi, mamlakatning muntazam o‘sib borayotgan qarzi, fuqarolikni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi taqiq va hokazo.
Izoh (0)