Rough Guide jurnali o‘quvchilari sayyoraning eng go‘zal yerlari reytingini tuzish uchun ovoz berdi. Yigirmatalik ro‘yxatga Shotlandiya boshchilik qilmoqda.
Shu munosabat bilan AdMe nashri jahonning eng go‘zal maskani deb topilgan Shotlandiya haqida qiziqarli faktlar keltirdi.1. Cheksiz orollar o‘lkasi
Shotlandiya hududida, uning asosiy qismidan tashqari, 800 ga yaqin orol bo‘lib, ulardan 130 tasida odamlar yashaydi. Mamlakatning umumiy maydoni BAA, Chexiya va Panama maydoniga teng.2. Eng tezkor parvoz
Aynan Shotlandiyada dunyodagi eng qisqa aviareysni amalga oshirish mumkin. Uestreydan Papa-Uestreygacha uchib borish vaqti 1 daqiqa 14 sekundni tashkil etadi. Parvoz narxi — 17 yevro.3. Yevropadagi eng keksa daraxt
Fortingall qishlog‘i cherkovining hovlisida 3 ming yoshdagi daraxt turibdi. Bu rezali tis daraxtidir. Rivoyatga ko‘ra, ushbu daraxt ostida bolaligida Isroilning Rim davridagi prokuratori Pontiy Pilatning o‘zi o‘ynagan.4. Mallasochlar o‘lkasi
Shotlandiya aholisining 14 foizi mallasoch, 40 foizida mallachoslik geni bor. Har yili bu yerda mallasochlar paradi o‘tadi.5. Mamlakat ramzi — Yakkashox
Shotlandiyaliklar qadimda yakkashoxni yengilmas kuch deb bilib, uni inglizlarning ramzi bo‘lmish arslonga qarshi qo‘yib kelgan. Hozirda esa afsonaviy jonivor ruhiy musaffolik va donolik ramzi sanaladi.6. Golf va fil polosi vatani
Shotlandiya bilan bog‘liq mashhur sport turlari — futbol va golf. Ammo bu o‘lkada fil polosi ham o‘ynaladi.7. Bonnibrij — NUJ poytaxti
Shotlandiya hududida Bonnibrij shaharchasi joylashgan. Har yili uning aholisi osmonda 300 martagacha noma’lum uchar obyekt (NUJ) ko‘radi. Shu bois u jahon miqyosda NUJ poytaxti hisoblanadi.8. Xaggis
Xaggis — mashhur shotland taomi, u qo‘yning yuragidan, jigaridan va o‘pkasidan tayyorlanadi. Hozir xaggisning vegetariancha versiyalari ham bor.9. Kallanish
Qadimgi diniy aqidalarga oid ushbu yodgorlik o‘z o‘lchamlari bilan kishini hayratga soladi. Bundan tashqari, u tekislikda joylashgan bo‘lib, umumiy manzaradan keskin ajralib turadi.10. Vulqon ustida joylashgan Edinburg
Edinburgning aholisi yarim million atrofida, shaharda 16 mingga yaqin madaniy va tarixiy yodgorliklar joylashgan. Bu jahonning mutlaq rekordidir. Bundan tashqari, mashhur Edinburg qasri so‘ngan vulqonda qurilgani diqqatga sazovor. Bu shaharda birinchi o‘t o‘chirish xizmati paydo bo‘lgan.11. Dolli
Shotlandiyaning Roslin institutida dunyodagi eng mashhur qo‘y paydo bo‘ldi. Dolli — dunyodagi birinchi klon bo‘lib, uning paydo bo‘lishi fanda to‘ntarish yasadi.12. Otlar haykali
“Kelpi” haykali — o‘n qavatli bino balandligidagi ikkita ot kallasi qiyofasidagi yodgorlik bo‘lib, ular Folkerk shaharchasida joylashgan. Haykallar daryo va ko‘llarda yashashiga ishonib kelingan afsonaviy mavjudotlar sharafiga tiklangan.
Izoh (0)