Rossiyalik qiziqchi Maksim Galkin tanqidchilariga o‘ziga xos javob berishga qaror qildi. Muqaddam uni Rossiyaning oddiy hayotidan uzilib qolishda ayblashgan edi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Qiziqchi Instagram’dagi sahifasida Surgutga ketayotgan poyezd vagonida tushgan suratini joylashtirdi.
“Mana mening kupeim, u juda oddiy... Darvoqe, platskartda ham ko‘p yurganman”, — deyiladi suratga qoldirilgan izohda.
Izoh (0)