Xitoy Kommunistik partiyasining XIX chaqiriq Markaziy qo‘mitasi (XKP MQ) 25-oktabr, chorshanba kungi birinchi plenumida Si Szinpinni XKP MQning bosh kotibi sifatida qayta sayladi, deb yozadi “TASS”. Shuningdek, u Harbiy kengash raisi sifatida saylandi.
Si Szinpin, bundan tashqari, davlat rahbari — XXR raisi lavozimini ham egallaydi.
Shu bilan birga, XKP MQ o‘z Doimiy qo‘mitasi tarkibiga yetti kishini saylab oldi. Ular orasida Si Szinpin va bosh vazir Li Ketsyan ham bor.