Toshkentda 20-oktabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Gazeta.uz”

Xabar berishlaricha, majlis O‘zbekiston Adliya vazirligi raisligida bo‘lib o‘tgan.

Majlis doirasida O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletov Hindiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Eron adliya vazirlari hamda Xitoy adliya vaziri o‘rinbosari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zA axborotida muzokaralar tafsiloti haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.