Bangladeshning Myanma bilan chegarasida joylashgan qochqinlar lageriga changalzordan bostirib kirgan yovvoyi fil lagerda turgan to‘rt qochqinni bosib o‘ldirdi. Halok bo‘lganlar roxinja musulmonlari vakillari edi, deb xabar qiladi Bd24.
Jabrlanuvchilarning ikki nafari voqea joyida jon berdi, qolgan ikkisi shifoxonada vafot edi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlarning bir nafari ayol, uch nafari voyaga yetmagan bolalardir.
Bir oycha muqaddam lagerda ro‘y bergan shunga o‘xshash voqeada ikki kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)