Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IShID terrorchi guruhining mingga yaqin qurollangan jangarisi Suriyada o‘rnashgan ekstremistlarga yordam berish uchun bu mamlakatga o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “Report.az”

Foto: “Report.az”

Aytilishicha, oxirgi bir necha kun ichida jangarilar Iroqdan Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatiga o‘tgan. Mahalliy terrorchi to‘dalar bilan kelishgan holda ular al-Mayadin shahri yaqinida o‘rnashishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Iroq hududidan Dayr az-Zavrga o‘tgan jangarilar arablardan emas, asosan boshqa millat vakillari, shu jumladan, o‘zbeklar, tojiklar va turkmanlardan tuzilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlatda yer qimirlashi yuz berdi (video)
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi