“RBK” davlat rahbarlari qaysi uy hayvonlarini boqishi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Vladimir Putinning kuchuklari

Foto: “TASS”

Amaldagi Rossiya prezidenti uy hayvonlari ichidan kuchuklarni ma’qul ko‘radi. 1999-yilda prezidentning sobiq xotini Lyudmila unga Tosi laqabli toy-pudel sotib olgan edi. Biroz vaqtdan so‘ng, Tosi Rodeo laqabli kuchukchani dunyoga keltirgan. Prezidentning eng mashhur kuchugi labrador zotiga mansub Koni. Ushbu kuchukni 2000-yilda FVV vaziri lavozimida bo‘lgan Sergey Shoygu sovg‘a qilgan.

2010-yilda Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov “Janubiy oqim” gaz quvuri bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Putinga bolgar ovcharkasini sovg‘a qilgan edi, unga Baffi deya laqab qo‘yishgan. 2012-yilda Yaponiyaning Akita prefekturasi rahbari Rossiya zilzila oqibatida Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududiga ko‘rsatgan yordamiga minnatdorchilik sifatida akita-inu zotli “Orzu” kuchugini sovg‘a qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-oktabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya prezidentiga alabay zotli kuchukchani sovg‘a qilgandi.

Barak Obamaning kuchuklari

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishelning Bo hamda Sanni laqabli kan-diagua zotiga masub kuchuklari bor. AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning uy hayvonlari bor yoki yo‘qligi noma’lum.

Jord Bushning kuchuklari, mushuklari va sigiri

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bushning uchta kuchugi, mushugi va Texasdagi ranchosida yashagan sigiri ham bor. 2013-yilda Barni laqabli shotland teryeri 12 yoshida vafot etgan. “Barni bizning Oq uy bilan o‘tgan sakkiz yilimiz davomida doim yonimda edi. U hech qachon siyosatni muhokama qilmasdi va doim sodiq do‘st edi”, — degan edi Bush kuchugining o‘limidan so‘ng.

Fransua Ollandning labradori

Foto: AFP

2014-yilda Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollandga labrador zotli kuchuk sovg‘a qilishgan. Olland kuchukchani o‘sha vaqtda Churyumova-Gerasimenko kometasining yuzasiga qo‘ngan ko‘smik apparat sharafiga Philae deb nomlagan.

Jak Shirakning malta bolonkasi

Foto: Reuters

Fransiyaning yana bir sobiq prezidenti Jak Shirakning Sumo laqabli malta balonkasi bo‘lgan. 2009-yilda OAVlarning ma’lum qilishicha, Shirak mamlakat rahbarligi lavozimidan ketgach, uning kuchugi jahldor bo‘lib qo‘lgan va qisqa vaqt ichida xo‘jayinini uch marta tishlab olgan. Shundan so‘ng u fransuz qishloqlaridan biridagi fermaga jo‘natib yuborilgan.

Aleksandr Lukoshenkoning mushuklari, kurkalari va boshqa hayvonlari

Foto: AP

Belarus prezidenti Aleksand Lukoshenko hayvonlarni juda yaxshi ko‘radi. 2016-yilning noyabrida u o‘zining uy hayvonlari haqida so‘zlab bergan edi: Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning uyida uchta mushuk va boshqa ko‘plab hayvonlar yashaydi. “Ular juda ko‘p. Tuyaqush, o‘rdak, 25 ta g‘oz, oddiy tovuqlar, 10 ga yaqin kurkalar, quyonlar — oldin ular ko‘p edi, biroq tarqatib yuborganman, hozir 20 tacha qolgan, o‘nta sigir, echki, qo‘y, 7—8 ta ot. Shuningdek, to‘rtta kuchugim bor: ikkitasi layka, labrador, nemis ovcharkasi”, — degan edi Lukashenko.

Qirolicha Yelizavetaning korgilari

Foto: AP

Yelizaveta II ga birinchi korgini 18 yoshida sovg‘a qilishgan. Syuzan laqabli kuchuk deyarli 15 yil yashagan. Umuman olganda britan qirolichasining shu kunga qadar 30 ga yaqin kuchugi bo‘lgan. Ayni vaqtda uning korgi zotiga mansub Xolli va Uillou laqabli kuchuklari bor.