Iroq rasmiylari referendum tufayli yuzaga kelgan siyosiy tanglikni bartaraf etish uchun Iroq Kurdistoni bilan konfederatsiya tuzilishini istisno etmaydi. Asharq Al-Awsat gazetasida 9-oktabr, dushanba kuni chop etilgan maqolada shu haqda so‘z boradi, deya xabar beradi “TASS”.
Iroq Kurdistoni siyosiy rahbariyati kengashi a’zosi Abdulla Varatiyning nashrga bildirishicha, “konfederatsiya tuzish haqidagi taklifni avtonomiya bilan qo‘shni davlatlar vakili bo‘lgan uchinchi tomon yetkazdi”. Tashabbus “Iroq parlamenti va hukumatidagi ayrim siyosiy fraksiyalar tomonidan ma’qullandi”, biroq “rasman taqdim etilmadi”.
Varatiga ko‘ra, konfederatsiya ayni paytda Iroq va Iroq Kurdistonidagi siyosiy vaziyatni hal qilish uchun eng yaxshi yechim hisoblanadi. Biroq Arbil “Bag‘dod bilan konfederatsiya shakllantirilishini markaziy hukumat referendum natijalari bo‘yicha kurd davlati yuzaga kelganini tan olgan taqdirdagina” ko‘rib chiqishi mumkin.
Izoh (0)