2017-yil oxirida Moskvadagi o‘rtacha maosh 63 ming rublni, 2020-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 76 ming rublga yetadi. Bu haqda shahar iqtisodiy siyosati va rivojlanish departamenti rahbari Vladimir Yefimov “Moskva” agentligiga ma’lum qildi, deb xabar beradi “Rambler Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2018-yili o‘rtacha maosh 7,8 foizga oshib, 67 ming rublga yetadi.
Shu bilan birga, maosh indeksatsiyasi borasida qaror qabul qilinmagan. Oxirgi marta bu ish 2008-yili o‘tkazilgan edi.