O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil yakuniga qadar Ozarbayjonga safar qilishi kutilmoqda. Bu haqda, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyevga asoslanib, “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ozarbayjonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilgan, biroq sentabr oyida u vafot etgan edi.
“Ayni kunlarda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjonga taklif qilib, maktub yubordik. Taklif bajonidil qabul qilindi. Tashrif shu yil amalga oshirilishi kutilyapti”, — dedi elchi Guliyev.
“Telegraf.uz”ning o‘z ishonchli manbalariga asoslanib xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning 5—6-oktabr kunlari O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifidan so‘ng Ozarbayjonga safar qilishi mumkin.
Izoh (0)