Oldinroq xabar qilinganidek, Jizzaxda O‘zbekiston – Rossiya hamkorligidagi harbiy mashqlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jizzaxning “Forish” tog‘ dala o‘quv maydonida o‘quv mashg‘ulotlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Mudofaa vazirining o‘rinbosari — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor P. Ergashev, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor R. Minnekayev so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi ashula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturi namoyish qilindi.
Shu kuni Rossiya Federatsiyasi harbiylari uchun qurol-yarog‘ va harbiy texnika namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, arqon tortish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Uz24 mashqlardan fotolavhalar taqdim etdi.
Izoh (0)