Las-Vegasdagi musiqiy festivali tomoshabinlariga qarata o‘t ochgan Stiven Peddok politsiya tomonidan o‘ldirilmadi, balki o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda shahar sherifi Jo Lombardo bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.
Aytilishicha, mehmonxonada Peddokning jasadi bilan o‘ndan ortiq qurol birligi topilgan. U xonani 28-sentabr kuni band qilgan edi.
Otishmadan so‘ng 406 kishi shifoxonaga yetkazildi. 50 kishi halok bo‘ldi.
Otishma uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)