“Manchester Siti”ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero kamida 2 oyga safdan chiqdi.
Britaniya nashrlarining ma’lumot berishicha, Aguero Amsterdamda yo‘l transport hodisasiga uchragan. U aeroportga yetib olish uchun taksi yollagandi. Haydovchi yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib, mashinani to‘singa urib yuborgan.
Aguero xavfsizlik kamarini taqib olgani uchun ham jiddiyroq jarohatdan qutulib qolgan. Shunga qaramay, u qovurg‘asini sindirib olishi natijasida kamida 2 oyga safdan chiqdi.
Anliya Premyer-Ligasining ortda qolgan turlari davomida uch futbolchiga 6 tadan gol urish nasib qilgan bo‘lib, ulardan biri aynan Serxio Aguero edi. Endilikda Xosep Gvardiola tarkibda birinchi jiddiy yo‘qotishga duch keldi.
Izoh (0)