Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bu sirlar buyumlarning yangi ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock
  1. Tugmalar uzilishi va kolgotkalarning teshilishiga qarshi lak

Kolgotkalardagi chiziqchalar yoki teshikchalarga tirnoqlar uchun rangsiz lakni surib qo‘yish mumkin. Albatta, bunday usul muammoni bartaraf qila olmasa ham, har holda u kengayib ketmasligining oldini oladi.

Lak surish tugmaning uzilib ketmasligiga ham yordam beradi. Uni tugma tikilgan iplarga suring va bu iplarning tezroq uzilib ketmasligini ta’minlaydi.

  1. Zanjirsimon yopgich uchun sovun

Agar kiyimdagi zanjirsimon yopgich yaxshi ishlamay qolsa, unga sovun suring. Bu uning erkin harakatlanishiga yordam beradi.

           3. Baxmalsimon charmni tozalash uchun egovcha

Baxmalsimon charmdan qilingan oyoq kiyimni tirnoqlar uchun egovcha yordamida tozalash mumkin. Agar oyoq kiyim juda kir bo‘lsa, uni bir necha soniya davomida bug‘ ustida tutib turing, keyin esa egovchani ishga soling.

           4. Charmni tozalash uchun tish cho‘tkasi va sirka

Charm oyoq kiyimni sirkaga botirilgan tish cho‘tkasi yordamida tozalash mumkin. Bu ayniqsa qishda, oyoq kiyimning ustida oq dog‘lar paydo bo‘lganda asqotadi.

           5. Laklangan charmni tozalash uchun vazelin

Laklangan charm oyoq kiyim ustida paydo bo‘lgan qoramtir chiziqlarni vazelin surilgan paxta yordamida tozalash juda oson.

           6. Yostiq jildi ichida kiyimlarni saqlash

Kiyimlar uchun qopchalarni eski yostiq jildlaridan qilish mumkin. Buning uchun chokli kalta tomonidan kiyim ilgichlar uchun teshikchalar kesish, qarama-qarshi tomoniga esa — yopishtirgichlar mahkamlash kerak.

Bunday qopchalarning odatdagi plastik qopchalardan afzalligi shundaki, ular ichidagi namlikni ushlab qolmaydi, shu bilan kiyimni mog‘ordan himoya qiladi.

Manba: “Passion.ru”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak