Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarufidagi “Rishton” chegara bojxona posti Farg‘ona viloyati Rishton tumani hamda Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani fuqarolari piyoda harakatlanishlari uchun 25-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab ochildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

DBQ matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, “Rishton” chegara bojxona posti hozircha faqat fuqarolar piyoda harakatlanishlari uchun ochiq. Post ish tartibi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-sentabr kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar post orqali kirishga 40 dan ortiq fuqaro harakatlangan.

Avvalroq, 6-sentabr kuni Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 20-sentabr kuni Namangan viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Kosonsoy” chegara bojxona posti faoliyati qayta tiklangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi