Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.
Ilk turda Turinning “Yuventus”ini qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchgan Kataloniyaning “Barselona” klubi, bu safar “Sporting” maydonidan 3 ochko olib qaytdi. Sebastyan Koatesning avtogoli bu borada “Barselona” futbolchilariga qo‘l keldi.
“Yuventus” esa o‘z maydonida “Olimpiakos”ga imkoniyat qoldirmadi. Paulo Dibala gol ura olmagan bellashuvda Gonsalo Iguain va Mario Manjukich turinliklar joniga oro kirdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi. “D” guruhi. 2-tur 27-sentabr, chorshanba
Izoh (0)