Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Walmart amerika savdo tarmog‘i Kremniy vodiysida yangi yetkazib berish dasturini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Kompaniya “aqlli” qulflar ishlab chiqaruvchi August Home startapi bilan shartnoma imzolagan. Qulf tufayli yetkazib beruvchi mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchining sovutgichida qoldiradi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Deliv dasturi orqali buyurtma berilgandan so‘ng yetkazib beruvchi bir marta ishlatiladigan kodni oladi. Kod buyurtma yetkazib beriladigan uyning qulfini, uyning egasi uyda bo‘lmgan vaqtda ham, ochishga imkon beradi. Shundan so‘ng kompaniya xodimi mahsulotlarni sovutgichga joylaydi, uydan chiqib, eshikni yopib ketadi. Yetkazib beruvchining harakatlarini uy egasi kuzatuv kamerasi orqali kuzatishi mumkin.

Hozircha dastur sinov jarayonida va undan August Home qulflari egalarining bir qismi foydalanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi