Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qohira shahridan 45 kilometr sharqda joylashgan va ayni vaqtda qurilishi jadal ketayotgan Misrning yangi ma’muriy markazi 2018-yilning oxirida hukumat muassasalarini qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoilning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Vazirliklar, hukumat muassasalari va prezident devoni u yerga 2018-yilning oxirida ko‘chib o‘tish mumkin bo‘ladi. Mamlakat rahbariyati aholisi 20 million kishidan oshgan va tirbandliklardan bo‘g‘ilayotgan asosiy shaharni shu tariqa maksimal darajada yengillashtirishni ko‘zlamoqda. Yangi ma’muriy poytaxtning qurilishi rejasi haqida 2015-yilning mart oyida e’lon qilingan.

Suvaysh kanaligacha cho‘ziladigan va dunyoning taniqli biznes markazlari bilan raqobat qilishi mumkin bo‘lgan Yangi Qohiraning loyihasi 45 milliard dollarga baholanmoqda. U 700 kvadrat kilometr maydonga joylashadi. Hozirgi poytaxt ma’muriy poytaxt bilan temir yo‘l tarmoqlari orqali bog‘lanadi. Ma’muriy poytaxtning o‘z aeroporti hamda Yaqin Sharqdagi eng yirik ko‘ngilochar xiyobon quriladi. Shuningdek, 45 mingta nomerli osmono‘par mehmonxonalar va 25 ta aholi mavzesi qad rostlaydi.

Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi poytaxtdagi besh million kishini ko‘chirib o‘tkazishga imkon beradi. Bunda yangi poytaxtdagi aholining katta qismini mansabdorlar tashkil qiladi. U yerdagi turar joylarni hozirning o‘zida sotib olish mumkin. Aholining birinchi oqimi 2018-yilning o‘rtasida kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...