Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Madat Guliyevning ma’lum qilishicha, so‘nggi besh yilda mamlakatning 900 nafar fuqarosi IShID terrorchilik guruhiga qo‘shilgan, deb yozmoqda “Kommersant”.
“Ularning 85 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan, 195 nafari Ozarbayjon fuqaroligidan mahrum qilingan. Fuqarolikdan ayrilganlarning ko‘pchiligi janglarda o‘ldirilgan. Bizning xodimlarimiz ayni vaqtda Eronda va bu ma’lumotning ishonchliligini o‘rganmoqda”, — deb qayd etgan xavfsizlik xizmati rahbari.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)