Saudiya Arabistoni oxirgi bir necha yil ichida Yamanga yordam ko‘rsatishga 8 milliard dollar sarfladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr BMT Bosh Assambleyasida bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“O‘tgan yillar mobaynida Saudiya Arabistoni Yamanga yordam tariqasida qirol Salmon nomidagi gumanitar yordam markazi, BMT agentliklari va nohukumat tashkilotlar orqali 8 milliard dollar yo‘lladi”, — dedi diplomat.
Jumladan, u Saudiya Yamanda vaboga qarshi kurashga 62 million dollar sarflaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Vabo oqibatida Yamanda 2 mingdan ko‘proq odam vafot etdi.
Izoh (0)