Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Zangiota tumanida daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi

Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi

Toshkent tumanida yashovchi B. Soyibnazarov Zangiota tumani “Darxon” mahallasidagi 240 tup turli xildagi manzarali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib olib ketib, o‘simlik dunyosiga jiddiy ziyon keltirgan.

B. Soyibnazarov tomonidan yetkazilgan moddiy zarar miqdori 300 million so‘mdan oshiq baholanmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzor, o‘rmon va boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish va ularni nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishi tergovi nazoratga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan