Tashqi ko‘rinishingizdagi sizning pala-partish degan taassurot qoldirishingizga sabab bo‘luvchi kamchiliklarga e’tibor bering. Ularni bir necha daqiqa ichida bartaraf qilish mumkin.

Foto: “Passion.ru”

Hamma tomondan osilib turuvchi sumkalar

Agar siz shahar bo‘ylab qo‘llaringizda savat, rasm va qutilar bilan yursangiz, 90-yillardagi savdogarlarga aylanasiz. Zamonaviy moda yo‘nalishlari ikkita sumkani birga olib yurishga yo‘l qo‘yadi: masalan, katta hajmdagi tout va hamyon-sumkacha yoki ikkita kichkina sumkachalar.

Lekin qo‘llaringizda paketlar, soyabon, baul va klatch bo‘lsa, unda siz ularning orqasida qolib ketasiz. Turli kattalikdagi bir necha sumka oling va ularning eng kattasi — ichiga kichkina kuchukcha ham sig‘adigan kattalikdagi sumka — suhbatlar va boshqa muhim uchrashuvlar uchun mos kelmasligini unutmang. Har bir tadbirga safarga borayotgandek tayyorgarlik ko‘rmang.

Umumiy e’tiborsizlik

Atrofdagilar siz qo‘l siltab qo‘yadigan xatolarga har doim e’tibor beradilar: kiyimdagi mayda teshikchalar, tushib qolgan tugmalar, tortilib qolgan iplar. O‘zingizga loyiq kelmagan, yenglari va tizzalari cho‘zilgan, rangi uchgan kiyimlarda siz tilanchiga o‘xshab qolasiz. Mayda-chuydalarga ham e’tibor bering, chunki ular ko‘p narsani hal qiladi.

Yomon dazmollangan kiyimlar

Trikotaj va zamonaviy moda sizga kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan narsalar ichidan dazmolni chiqarib tashlashga imkon beradi. Lekin agar siz mukammal ko‘rinishni xohlasangiz, unda buyumlarni albatta dazmollang va bu jarayon davomida yangi burmalar hosil qilmaslikka harakat qiling.

Manba: “Passion.ru”