Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z mamlakati ichki siyosatidagi muammolardan chalg‘itish uchun Germaniya bilan munosabatlarini keskinlashtirmoqda. Bu fikrni Nordwest Zeitung gazetasiga bergan intervyusida GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Erdo‘g‘on ichki ixtiloflardan chalg‘itish uchun Germaniyadan tashqi dushman sifatida foydalanadi. Biz unga bu o‘yinda yordam bermasligimiz kerak”, — deydi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, GFR hukumati uzoq vaqt davomida Anqara tomonidan xurujlarga “yumshoq javob qaytargan”. “Biroq Turkiyada nemislar qamoqda ekanligi va turk hukumati 680 ta firmani terrorchilarga sheriklikda ayblaganligini hisobga olib, biz javob qaytarishimiz kerak edi”, — deb ta’kidlaydi vazir. Gabriel, shuningdek, “Anqaraga iqtisodiy bosim amaliy natija berganligi”ni qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)