Angliyaning Chesterfild shahrida malika Diana o‘limining 20 yilligi kunida gulbarglar va yaproqlardan tayyorlangan yodgorlik o‘rnatildi. Yodgorlikda tasvirlangan ayol malikaga umuman o‘xshamaydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Yodgorlik shahardagi quduqlardan biriga o‘rnarilgan. Diniy bayramlar vaqtida quduqlar va buloqlarni gulli pannolar bilan bezatish qadimiy ingliz an’anasi hisoblanadi.
Mahalliy aholi yodgorlikni tanqid ostiga olgan. Biroq shahar kengashi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, har qanday san’at muhokamalarga sabab bo‘ladi, panno esa odamlarni ushbu tumanga jalb qilish uchun o‘rnatilgan.
Chesterfild shahri kengashi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, panno ustida qadimiy quduqlarni bezatish an’analaridan ilhomlangan 14 nafar ko‘ngilli ishlagan.
Izoh (0)