O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Polsha Respublikasidan kelgan turistlar uchun viza jarayonlarini osonlashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat ushbu mamlakatdan keladigan turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvaridan O‘zbekistonga turistlar sifatida keluvchi Polsha fuqarolari uchun 30 kundan oshmaydigan vizalar hujjat qabul qilingan kundan tashqari ikki ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Bunda turistik vaucherlar va O‘zbekiston turistik tashkilotlaridan taklifnomalar taqdim etish talabi bekor qilindi.
Izoh (0)