Suriya hukumati harbiy to‘qnashuvlarda kimyoviy quroldan foydalangani haqidagi ayblovlarni inkor qildi. Muqaddam Suriyada inson huquqlari buzilishini taftish qiluvchi BMT komissiyasi Jenevada shu haqda bayonot bergan edi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Suriya hechch qachon o‘z fuqarolarini zaharlovchi gaz ishlatmagan va ishlatmaydi, negaki bunday gazga ega emas va undan foydalanilishini jinoyat deb hisoblaydi”, — deyiladi Suriyaning BMTdagi doimiy vakili bergan bayonotda.
“Biz komissiyaning bu bayonotlarini o‘z mandati hamda BMT inson huquqlari kengashi mandatining qo‘pol tarzda buzilishi sifatida qabul qilamiz”, — qo‘shimcha qildi doimiy vakil.
Izoh (0)