Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasidan Avliyoota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida qatnov qismiga termoplast yordamida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“28-avgust kunidan boshlab Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasidan Avliyoota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport xodisalarini oldini olish maqsadida, kapital ta’mirlash ishlaridan so‘ng, tajriba tariqasida qatnov qismiga termoplast yordamida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari ‘Avtomagistral’ birlashmasi bilan hamqorlikda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, termoplast chiziqlarini chizish ishlari Germaniyada ishlab chiqilgan uskunalar bilan jihozlangan MAN CLA rusumli maxsus transport vositasi yordamida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)